XALQPARVARLIK AYBMI YOXUD BAZI JANOBLARGA GAPIMIZ BOR... - * info

XALQPARVARLIK AYBMI YOXUD BAZI JANOBLARGA GAPIMIZ BOR...

Xalq ila bir vatanda, bitta tanda bolgaymiz,
Shu vatanda tugildik, shu vatanda olgaymiz.

Rahmdil va mehribon Olloh nomi bilan boshlayman.

Agar siz Nursafardiyni topmoqchi bolsangiz uni xalqning ichidan izlang. Chunki Nursafardiyya falsafasi ilohiy bir tariqat sifatida xalq falsafasi bolib yuzaga chiqdi. Buyuk ajdodlar yolidan borib, xalqparvarlik, vatanparvarlik tamoyillari asosida vujudga kelgan Nursafardiyya millatimiz orasida ezgulik amallarini, saxovat urugini, yaxshilik, adolat, xokisorlik, millatimizning ozligini asrashga undash, tafakkurini uluglashga, milliy qadriyatlarimizni yoshlarimizning ongiga singdirishga, vatanni, millatni sevishga, davlatga sidqidildan xizmat qilishga orgatsa, kimlardir xalqona bunday falsafani diniy oqimga yoyib, dinni niqob qilgan holatda bizning ezgulik amallarimizga tosh otmoqdalar.

Sizning maqsadingizni anglay olmayapmiz, janoblar.

Biz muqaddas dinimizni hurmat qilamiz, lekin dindan yiroqmiz.

Biz davlatimiz siyosatini yuksak qadrlaymiz, lekin siyosatdan yiroqmiz.

Bizning ezgulik amallarimiz xalqona va uning biror bir negiziga hech qanday diniy oqimning asosi yoq.

Nursafardiyyaning yoli bu ruhiy ustozlarimiz Najmiddin Kubroning, Bahouddin Naqshbandning, Hoja Ahmad Yassaviyning yolidir. Biz buyuk ajdodlar yolidan borib, xalqimizga hikmat aytmoqqa jazm etdik. Millatimiz farzandlarini vatanni sevishga, davlatimizga sidqidildan xizmat qilishga, milliy ananalarni qadrlashga orgatdik.

Siz bizdan nima istaysiz ozi? Nursafardiyyaning xalqona ezgulik falsafasiga tosh otib nimaga erishasiz?

Nima, millatimiz ichidan gozal bir millatparvarlik tuygusi bilan xalqimizga ezgulik ulashadigan falsafa chiqsa buning nimasi yomon. Biz tanlagan buyuk ajdodlar yoli sizga nimasi bilan yoqmay qoldi?

Siz kursingizda otirgan holda amalingizni yoqotishdan qorqmoqdasizmi? Siz xalqona falsafa bolgan xalq falsafasiga qarshi borayapsizmi? Ajdodlar udumiga qarshi borayapsizmi?

Sizningcha buyuk avliyolar yolini sizning zamoningizda ochirib tashlash kerak ekanda.

Anglab turibmizki, sizni har qanday ezgulik falsafasiga qarshi kurashadigan qaltis qurolingiz bor. Bu yurtdan har qanday ezgulik amali chiqsa bu diniy oqim deb jar solasiz. Diniy oqimlarni qurol qilib olgansiz. Tap tortmasdan har qanday ezgulikni ezib tashlashga oshiqasiz.

Shoshmang birodar. Xalq falsafasini yoq qilib bolmaydi. Nursafardiyya falsafasi xalqona tamoyillar, milliy ananalar asosida vujudga kelgan. Siz bu ananani yoq qilolmaysiz. Bizning amallarimizda millatimiz ravnaqi, kamoloti va mukammalligi mujassamdir. Biz davlatimiz rahbariyati siyosatini qollab quvvatlaymiz. Biz xalq ichida bolganimiz uchun ham milliy qadriyatlarimizni asrashga bel boglab, uni kelajak avlodlarga etkazmoqqa, azaliy mukammallik sirlarini organmoqqa qadam qoyganmiz.

Siz janoblar oz amallaringizdan foydalanib shaxsiy manfaat, boylik orttirishdan ozga nimani oylaysiz? Sizga boylik kerak, xalq manfaati, millat ravnaqi esa sizni qiziqtirmasligini anglab turibmiz. Aks holda milliy qadriyatlar yolida turib topgan pulini xalq manfaati yolida sarf qilayotgan Nursafardiyya falsafasiga, xalq falsafasiga qarshi kurashmagan bolardingiz. Biz saxovat qilayapmiz, - deb maqtanmaymiz, el sogligi yolida oyogimizni togu- toshlar kesib, mashaqqat bilan tergan dorivor giyohlarimiz bilan xalqimizning dardiga malham bolayapmiz, - deb ozimizni reklama qilmaymiz. Siz bizning ezgulik tomonimizni korolmaysiz. Yaxshilik aytilmaydi, minnat qilinmaydi. Siz esa ana shu yaxshilikdan ayb izlaysiz, sizningcha xalqqa yaxshilik qilish kerak emas, sizningcha mehr-oqibat bolishi kerak emas. Sizningcha millatni manqurtlikda ushlab turish koproq foyda keltirsa kerak. Siz millatparvarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygularidan yiroqdasiz.

Siz ozingiz uchun jannat barpo etib rohatda yuribsiz. Xatoyingiz juda kopligini yaxshi anglaysiz. Shu sabab ham hamisha amalingizni yoqotib qoyishdan qorqib, ezgulikni sindirishga urinib turasiz. Sizningcha, xalqning kozi ochilishi kerak emas. Xalq manqurt bolsa siz uchun shuncha yaxshi. Pishagingizni pisht demasa-yu istaganingizcha yashayversangiz. Yo, davlatimiz rahbariyatini pisand qilmay, davlatni ozingizniki qilib oldingizmi?

Nursafardiyya falsafasining vujudga kelganiga yigirma yil boldi. Deyarli mustaqil yurtimiz bilan teng yoshda. Vijdonan aytingchi, shu vaqt mobaynida bizdan nima yomonlik kordingiz? Xalq ichida ezgulik amallarimiz bilan yashab yuribmiz. Biror bir kitobimizda, ilmiy risolamizda yoxud amalimizda va yoyinki sozimizda davlatga nisbatan nojoya gap yoxud siyosatimizga qarshi varaqa yozuv topdingizmi? Topolmaysiz ham. Chunki biz siz kabi oz vataniga, oz xalqiga, oz davlatiga tosh otadiganlar xilidan emasmiz?

Davlatimiz tomonidan ozod yurt, misoli jannatga aylantirildi. Shaharlarimizning korkamligi hech bir davlatning gozalligidan qolishmaydi. Bu yurtdagi tinchlik osoyishtalikni yuksak qadrlaymiz. Har qanday davlat ham mustaqilligining ilk davrlarida iqtisodiy qiyinchilikni boshidan kechiradi. Amerikadek qudratli davlat ham mustaqil bolganidan song qirq sakkiz yil iqtisodiy qiyinchilik ichida turgan. Nima, biz yomon yashayapmizmi? Agar iqtisodiy qiyinchilik bolsa xalqimiz chidab beradi. Oz tinchligini buzib, siz kabi bosh kotarmaydi. Xalqimiz sabr bardoshli xalq. Hali buyuk kelajak oldinda. Biz xalqni sabrga orgatamiz. Biz mehr-oqibat kuychilarimiz. Yurtda osoyishtalik bolmasa bizning ezgulik amallarimiz zoe ketadi. Biz xalqmiz, siz esa xalqni tinchligini buzib nimalargadir erishmoqchisiz. Siz tinch va osoyishta yurtda yashashni kotara olmayapsiz. Sizning harakatlaringizda millatni millatga qarshi qoyish, yurt osoyishtaligini buzish singari yovuz niyat korinib qolmoqda. Tinchlik, xotirjamlikka shukr qilmoqdan yiroq ketganga oxshaysiz.

Nima, sizning maqsadingiz ana shu tinchlikka, osoyishtalikka putur etkazishmi?

Biz tinchlik, osoyishtalik, xalqimizni ezgulikka chorlash, milliy ananalarimizni eson-omon kelajak avlodlarga etkazmoq, tinchlikni qadriga etmoq tuygulari bilan yashamoqdamiz.

Sizga nima kerak? Siz xalq falsafasiga qarshi borib, tinch va ozod yurtga buzgunchilikni olib kirmoqchimisiz? Yo, Nursafardiyyani qurol qilib olib bu yurtdagi tinchlik, osoyishtalikka putur etkazmoqchi bolayapsizmi? Yo, siz Nursafardiyyani qurol qilib olib xalqni kozgab davlatga egalik qilmoqchi bolayapsizmi? Siz Nursafardiyya evaziga davlatga qarshi borayapsizmi?

Sizning fikringiz togri bolganda matbuot orqali ezgulik, xalqona falsafani qoralamay, bizning hikmatlarimizdan bahra olgan bolardingiz. Sizning fikringiz togri bolganda, Ozodlik radiosi orqali butun dunyoga ozbek millati nomiga loy chaplash orniga, kelib duolarimizni olgan bolardingiz.

 

Sizning har safar takrorlayotgan asossiz tanqidingiz va notogri axborotingiz totiqushning sayrashiga oxshaydi. Lekin totiqush yaxshi xabarlarni takrorlaydi. Sizchi... Sizning hatti-harakatlaringiz giybatchi va tuhmatchi ayollarnikiga oxshab qolmoqda. Balkim, haqiqatdan ham siz ayoldirsiz, yaxshi ayol bolishingizni tilab qolardik.

Biz bir millat ichidamiz. Yaxshimizmi, yomonmizmi oramizda qolishi kerak emasmi? Bir millat bolib oz- ozimizni butun olamga sharmanda qilish sizga nimaga kerak bolib qoldi? Keling, biz xalq yolida turib yomon ekanmiz, lekin butun millat nomini olam miqiyosida bulgashga nima haqqingiz bor? Sizga mohiyatni anglamasdan turib, aybimizni isbot etmasdan, kamtar bir ezgulik falsafasidan fil yasab Ozbekistonimizning tinch hayotini notinchlikka yoyib, olam miqiyosida shov-shuv qilishga kim huquq berdi. Yo, davlat boshliqlarini pisand qilmay, davlatni ozingizniki qilib oldingizmi? Bu holat boshimizda turgan davlatimiz shaniga ham putur etkazmaydimi?

Sizga millat shani kerakmi ozi? Kerak bolganda nega ozbek millatini kichkina ezguligini qoralab, butun dunyoga jar solasiz? Maqsadingizni tushuna olmadik... Nega bizning xalqona falsafamizni bahona qilib butun Ozbekiston nomini olamga jar solgancha millatdoshlar orasida gulgula, vahima uygotasiz? Bu harakatingiz bilan Ozbekistonimizdagi tinchlik, xotirjamlikni yoqqa chiqarmoqchimisiz?

Bunday narsa roy beradigan bolsa nima bolishini siz hatto tasavvur ham qilolmaysiz...

Agar bizning ezgulik amallarimiz xato bolsa millat shani uchun olimga ham tayyor edik. Sizga millat shanini ahamiyati yoqqa oxshaydi. Istaganingizcha olam miqiyosida ozbeklarning ichki muammolari haqida jar solishdan ham tap tortmaydiganga oxshaysiz. Biz ozbekmiz, siz ozbeksiz bizning shanimizga yogilgan nojoya tanqid bu sizning ozingizga ham tegmaydimi? Xalqimizda ajoyib bir hikmat bor. Yaxshi kelin uydagi gapni kochaga chiqarmaydi... Ozbekiston bu bizning uyimiz... Siz, hatto yaxshi kelinlar sir saqlaydigan, uyimizning munosabatlarini giybat qilib olamga chiqarib otiribsiz. Sizda ozbekona gurur, erkaklik gururini kormadik...

Anglangki, siz janoblar, Nursafardiyya falsafasining mohiyatini anglamasdan uni qoralashga haqqingiz yoq. Siz vahima kotarayotgan muridlarim haqidagi fikrlaringiz noorin. Bizning falsafa ezgulikdan ozga hech narsa emas. Siz qorqib turgan jangarilarni boshqa yoqdan izlang. Biz jang sanatini oz mukammalligimiz uchun olib borib, uni sanat darajasiga kotaramiz. Ajdodlarimizdan meros bolib kelgan ozimizning jang sanati bilan shugullansak, buning nimasi qorqinchli? Nega Yaponiya karate bilan, Tailand tayboks bilan, Xitoy oz ushusi bilan faxrlanadi-yu, biz oz jang sanatimiz bilan faxrlanmaylik? Nega ular oz jang sanatlarini davlat miqiyosida kotarib uning shon-shuhratini butun olamga yoyadilaru, bizga mumkin emas? Nega? Sizga mukammal millat kerak emasmi? Biz vatan ichida siz bilan bitta millatmiz. Biz oz jang sanatimizni yuksaltirib, siz kabi millatdoshimizga qarshi jang qilamizmi? Biz oz millatimizga ozimiz qol kotaramizmi?

Siz oz amallaringiz orqali oz manfaatingizni boyitib amal kursingizdan qorqib yursangiz, sizni bizdan boshqa jazolaydigan yoqmi? Demak, siz davlatdan qorqmaysiz. Siz mukammallik yolida xalq yolida turgan bizning falsafadan chochiysiz. Siz davlatni pisand qilmaysiz. Nursafardiyya xalqona falsafa bolgani uchun ham bu tariqatning shogirdlari chindanam kopchilikdir. Ular sizning yoningizda turgan bolishlari ham mumkin. Lekin sizga qarshi bormayaptilarku. Bizning shogirdlar sizning xizmatingizda turibdilarku. Ular yoningizda tursalar ham yomonlik qilmaydilar. Ularning onglaridan yomonlik tuygularini ochirib tashlaganmiz. Ular siz yomon bolsangiz ham yaxshilik bilan javob bermoqdalar. Ana shu bizning falsafa, ana shu bizning tariqat.

Zikr nima, Zikr Ollohni ham tilda, ham qalbda yod olishdir. Siz ajdodlar udumini, avliyolar ilmini organing. Oshanda bizning amallar hech qanday diniy oqim emasligiga amin bolasiz.

Nursafardiyya bu Iloh izmi bilan roy bergan xalq orasidagi mukammal falsafadir.

Siz kabi dunyoviy rohatda yashamoqni biz xohlamasmidik. Kamina ilohiy olam ichidaman va nimaiki roy berayotgan bolsa faqat Iloh izmi bilan roy bermoqda. Siz ilohiy olam falsafasiga qarshi borib, etti pushtingizni badnom qilasiz. Bizning ortimizda Yaratuvchi turibdi. Olloh turibdi. Men tunlarni tongga ulab ilohiy olam ichra zikrim orqali Unga murojaat qilaman, - ey Olloh, nega bu falsafani menga berding. Bandalaring baribir meni tushunmaydilar, bu yol bilan meni azobga solding, - deganimda, Olloh aytadi, - Sening ishing aytmoqdir. Yolingda davom et, quvvat mendandir...

Kubroni tush koraman, - tarikat muborak, - deydilar ul zot. Naqshbandiy tushlarimga kirib, - shariatga yaqin tur... - deydilar. Ruhiy ustozimiz Yassaviy, - uzlat sen uchun emas, kurashmoq kerak, - deydilar. Olloh aytadi, - Seni ilm uchun joningni saqlayman...

Menga bunday ogir yukni kotarish oson emas, birodar. Siz dunyoviy rohatda yurib, ilohiy ishq mashaqqatini qaerdan ham bilasiz. Agar siz Ollohning mavjudligini bir soniya his qilganingizda, sizga kozimiz uchib turmagan bolsada, Ollohning suyukli bandasi bolganimiz uchun ham kelib, etagimizdan opgan, duolarimizni olgan bolardingiz. Ollohga iymon keltirmoq kerak. Tort kunlik dunyo otar ketar. Sezmay qolasiz.

Sizning xarakatlaringizdan malumki, xalqning ozligini anglashi sizga kerak emas. Demak, siz xalq dushmani bolib chiqayapsiz. Demak, bizni xalkparvarlik falsafasini emas, sizni jazolash kerakka oxshaydi. Millatimiz dono xalq. Ajdodlari buyuk otgan bu millat yaxshi yomonni tezda ajratib olishini unutmang. Oqibatni oylang. Xalq qudratdir, uning oyogi ostida chivindek ezilib qolishingiz mumkin. Oshanda sizning amalingiz ham yordam berolmaydi. Xalqning osoyishtaligini buzmang.

Biz anglayapmizki, siz davlat dushmaniga oxshab turibsiz. Bizku xalq ichida oddiy, ezgulik kishilarimiz. Bizga siyosatning ham, iqtisodning ham qizigi yoq. Davlatimiz tinchligi yolida davlatimizning ozi bosh qosh. Biz anglab turibmizki, sizning istagingiz davlatning yuqori lavozimlarida otirishdir. Siz xalqimizni manqurtlik girdobida ushlab xalq ustidan hukm yuritmoqchisiz. Nazarimizda sizga manqurt xalq kerak.

Anglashingiz lozimki, davlatimiz ezgulik va hikmat yolida turgan ezgulik kuychilarini hamisha qadrlab kelgan. Biz davlatimizni qancha hurmat qilsak, davlatimiz bizni shuncha himoyalaydi. Siz kabi millat obrosini tokib, olamga jar solayotganlar esa xalqning gazabi va qargishiga uchrashiga shubhamiz yoq.

Biz ajdodlarning ilohiy ilmlarini yuzaga olib chiqqan holatda uni davlatimiz sharafi va obrosi uchun butun dunyoga koz-koz qilamiz. Bizning jannat yurtimiz ilohiy avliyolar yurti. Biz ularning izidan borgan holatda davlatimiz taraqqiyoti bilan yonma yon moziyning buyuk ilmlarini olam sahniga olib chiqib ilohiy ilmlar borasida ham hech kimdan kam emasligimizni isbot qilamiz.

Amalingizga putur etmasligi uchun xalq falsafasiga tosh otmasdan vatanni xizmatini qilib yuravering. Siz boylik orttirish ilinjida rohat farogatda yashang. Gunohingiz uchun bizga emas, Olloh oldida javob berasiz. Sizning rohatingiz ozingizniki. Korinib turibdiki, sizning soxta vatanparvarligingiz vatan uchun xalq uchun qiymatga ega emas. Vatanparvarlik, xalqparvarlik yolida xizmat qilmoq bizga himmat bolsin. Bunday tuygularni davlatimiz bilan yonma yon turib, oz rohatimizdan kechib xalqimizga ulashaylik. Bizning savoblarimiz sizga ham tegsin. Tort kunlik dunyoda yaxshilik, mehr- oqibatdan ozga nima qoladi? Ikki qarich kafandan ozgasiga hech bir banda arzimas. Mohiyatni anglamoq onlari kelmadimi?

Nursafardiy...

Maqola manbasi:
www.nursafardiyya-sufism.uz





::